Yangi Zelandiyada Pasxa bayrami munosabati bilan o`tkazilgan ov festivali doirasida 10 mingtaga yaqin quyon o`ldirilgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ov festivalida 300 nafardan ortiq ovchilar qatnashgan.
“Bu o`ta quvonchli hodisa. Ovchilar tuni bilan uxlamaydi”,—deydi festival tashkilotchisi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur tadbir mamlakatda 25 yildan beri o`tkaziladi va fermerlar erini zararkunandalardan tozalashga yordam beradi.
Festival tashkilotchilarining ma`lum qilishicha, o`tgan yillarda hayvonlarni muhofaza qilish tashkilotlari mazkur aksiyaga qarshilik ko`rsatishgan edi. Biroq bu yil bunday hol kuzatilmagan.





