Ov-sin-lar-u-u-u-u,shuningdek,kelinposhshalar, eshitmadim demanglar! Siz o`zingizni mohir pazanda deb, bilasizmi? Yangi reseptlar asosida taom va pishiriqlar tayyorlashga ustamisiz? Unda marhamat, «Sug‘diyona»ning «Oshxona batl» tanlovida ishtirok eting va nimalarga qodir ekaningizni ko`rsating. Shartlar juda oson:
- O`zingizning eng zo`r deb, bilgan reseptingizni «Maselko» mahsuloti yordamida tayyorlang.
- Tayyorlash jarayonini uyali telefon apparati yordamida qadamba-qadam rasmga oling.
- Reseptga nom bering. Rasmlarni +90 903-60-08 telegram raqamiga «Oshxona batl» tanloviga deb, yuboring.
Yuborilgan reseptlar originalligi, ko`rinishi, kreativ yondashilganiga ko`ra homiy tomonidan baholanadi va «Maselko»ning qimmatbaho sovg`asi bilan taqdirlanadi.
Yuborilgan fotoreseptlar har hafta gazetaning «Yoqimli ishtaha» sahifasida berib boriladi.
Tanlov 27 iyundan 27 iyulgacha davom etadi.
Shoshiling, qimmatbaho sovg`alar sizni kutmoqda!