Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Oliy Majlis Senati ma`lumotiga asoslanib.
Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilgan yig`ilishni Senat raisi, Kengash raisi Tanzila Norboeva olib bordi.
Yig`ilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O`zbekistonning o`rnini yaxshilash bo`yicha 2021 yilga mo`ljallangan chora-tadbirlar rejasining birinchi yarim yillikdagi ijrosi, Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O`zbekistonning o`rnini aks ettirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi muhokama qilindi.
Bundan tashqari davlatimiz rahbarining 2021 yil 14 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta`minlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorining ijrosi to`g`risidagi masalalar muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, so`nggi uch oy davomida bir qator xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o`rni yaxshilandi. Xususan, «S&P» Global Ratings tomonidan yuritiladigan suveren kredit reytingida mamlakatimiz reyting prognozi «salbiy»dan «barqaror»ga oshirildi. Parlamentlararo ittifoq tomonidan yuritiladigan «Siyosatdagi ayollar» jahon reytingining «Parlamentdagi ayollar» qismida O`zbekiston 130-o`rindan 45-o`ringa ko`tarildi. Jahon xayriya indeksida 114 ta davlat orasida mamlakatimiz 53-o`rindan 29-o`ringa, ya`ni deyarli ikki baravar ko`tarildi.
Yig`ilishda Respublika kengashi tomonidan 532 banddan iborat 2021 yilga mo`ljallangan ish rejasi tasdiqlangan bo`lib, birinchi yarim yillikda ijtimoiy-iqtisodiy sohada bajarilishi belgilangan 272 ta banddan 76 tasi bajarilganligi, 188 tasi bajarilayotganligi va 8 tasi bajarilmaganligi, siyosiy-huquqiy sohada 86 ta banddan 32 tasi bajarilganligi, 50 tasi bajarilayotganligi va 4 tasi bajarilmaganligi ta`kidlandi.
Tadbirda Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O`zbekistonning o`rnini aks ettirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi ham muhokama qilindi.
Muhokama davomida hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (huquq.indikator.uz) kiritishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan sustkashlikka yo`l qo`yilayotganligi qayd etildi. Bu esa Tizimga kiritilgan ma`lumotlarni umumlashtirgan holda o`tgan hisobot yili uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini o`z vaqtida tuzish imkonini bermayotgani ta`kidlandi.
Shuningdek, yig`ilishda mas`ul vazirlik va idoralar axboroti eshitilib, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bir oy muddatda Respublika kengashiga tegishli axborot kiritilishi vazifasi qo`yildi.
20.12.2021, 07:59
Oliy Majlis Senati matbuot kotibi bu haqda xabar berdi.Qayd etilishicha, xodimlar ikki kun davomida yangi binoga to`liq ko`chib o`tishdi. O`zlariga kerak bo`ladigan barcha anjomlarni keltirib,...01.10.2021, 18:05
Senatning o`n to`qqinzinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo`ldi.Ta`kidlanishicha,...29.09.2021, 09:02
Bugun 29 sentyabr kuni soat 10:00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida o`z ishini boshlaydi. Yalpi...23.09.2021, 18:19
O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari o`rtasida “B2B” uchrashuvlari bo`lib o`tdi.Muzokaralar yakunida tomonlar o`rtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 15 ga yaqin shartnoma...