O`zbekiston va Koreya Respublikalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari o`rtasida tuzilgan anglashuv memorandumiga muvofiq, Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qayta ishlash maqsadida ketish istagida bo`lgan fuqarolar uchun koreys tili bo`yicha maxsus test imtihoni 2021 yil 8-17 sentyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Maxsus test imtihonida ishtirok etuvchi fuqarolar diqqatiga:
1. Fuqarolik hamda xorijga chiqish pasporti, 24 AQSh dollari miqdoridagi qilingan to`lov kvitansiyasi bilan kelishlari shart.
2. Test imtihon boshlanishidan 1 soat oldin ko`rsatilgan manzilga etib kelishi va ro`yxatdan o`tishi lozim. Belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar testga kiritilmaydi.
3. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga ko`ra takror yoki qayta apellyasiya maxsus test imtihonlari o`tazilmaydi.
4. Fuqarolardan o`zlari bilan 2 dona oq fondagi hajmi 3.5x4.5 bo`lgan fotosurat olib kelishlari so`raladi.
5. Test imtihonida elektron vositalaridan (mobil telefon, har xil elektron soatlar, shpargalkalar va hakozo) foydalanish qat`iyan man etiladi.
6. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talabiga muvofiq maxsus test imtihoni qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Maxsus test imtihoni chet el vakillari ishtirokida o`tkazilayotganini inobatga olgan holda imtihon jarayonida navbatga rioya qilish, madaniyatli, tartibli, shovqin qilmasdan, boshqa fuqarolarning manfaatiga putur etkazmasdan ishtirok etish so`raladi.
Maxsus test imtihoni bo`lib o`tadigan manzil: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Parkent ko`chasi 331-uy. “Ishga Marhamat” monomarkaz binosi.
Ma`lumot uchun: +99871-200-00-61, +99871-202-33-55