AsosiyJamiyat

Buxorodagi mahallalardan birida bangixona aniqlandi

'Buxorodagi mahallalardan birida bangixona aniqlandi'ning rasmi

Buxoro shahri Mahmud Tarobiy mahallasidagi xonadonlardan birida noma`lum shaxslar to`planib turganligi to`g`risida IIO xodimlari tezkor ma`lumot olgan.  Shu asosida mazkur manzil ko`zdan kechirilganda, ushbu manzilda bangixona aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

1998-y.t. O.M. ismli shaxs 1,5 litr hajmli elim idish (baklajka) va uning og`iz qismiga o`rnatilgan folga qog`oziga “Marixuana” giyohvandlik moddasini o`zi bilan birgalikda mazkur xonadonda bo`lgan fuqarolar F.E., I.K., N.M., Sh.M. ismli yigitlar va M.B.ismli qiz bilan birga iste`mol qilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 274-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar