Markaziy bank 15 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 34.93 so`mga ko`tarilib, 10 686.62 so`mni tashkil qildi.
Evro ham 64.70 so`mga oshib, 12 625.17 so`m bo`ldi.
Shuningdek, 1 Rossiya rubli 0,50 so`mga yuqoriladi va 146,54 so`mni tashkil etdi.






