Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning o`tgan 8 oyi davomida jami qiymati 485 million dollarlik tovarlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu ko`rsatkich o`tgan 2020 yilning shu davrida 346 million dollarini tashkil etib mos ravishda 139 million dollariga yoki 40,1 foizga ko`p demakdir. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi.
Mahsulotlarning eksporti jami 58 ta davlatlarga amalga oshirildi. Viloyatning asosiy eksportyor davlatlari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Qirg`iziston va Turkiya kabi davlatlarga jami eksportning 65 foiziga teng bo`lgan 315,2 million dollarlik tovarlar eksport qilindi.
Viloyatda eksportga yo`naltirilgan asosiy tovarlarni va ularning jami eksportdagi ulushini quyidagi diagrammadan ko`rishingiz mumkin. (1-diagramma)

Eksportga yo`naltirilgan tovarlar tarkibini tahlil qiladigan bo`lsak, o`tgan davrda eksport qilingan tovarlarning 339 million dollarlik qismi yoki 70 foizini sanoat mahsulotlari, 146 million dollarini yoki
30 foizini qishloq xo`jaligi mahsulotlari tashkil etadi.
Eksport tarkibidagi meva-sabzavot mahsulotlari jami 27 ta davlatlarga, asosan Rossiyaga 48,2 foizga teng bo`lgan 69,2 million dollarlik, Qirg`izistonga 28,7 foizga teng bo`lgan 41,3 million dollarlik, Qozog`istonga 19,7 foizga teng bo`lgan 28,3 million dollarlik, Ukrainaga 1 foizga teng bo`lgan 1,4 million dollarlik va 2,4 foiz qismiga teng bo`lgan 3,44 million dollarlik mahsulotlarga to`g`ri kelmoqda.
Farg`ona viloyatida ishlab chiqarilgan kalava ip, to`qimachilik mahsulotlari, keramika buyumlari, avtomobil ehtiyot qismlari va oyoq kiyimlar kabi tovarlarga xorijda talabning ortishi natijasida mos ravishda ushbu tovarlarning eksport hajmi ham o`rtacha hisobda 43,5 foiz o`sganini ko`rishimiz mumkin.
Viloyatdan eksport qilingan tovarlar tarkibini jami 741 ta tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodiga mansub bo`lgan tovarlar tashkil etdi.
Hisobot davrida eksport faoliyati bilan shug`ullangan tadbirkorlik sub`ektlarining soni 583 tani tashkil etdi. Mamlakatimizda eksportni qo`llab-quvvatlanayotganligi va eksportyor korxonalarga berilayotgan imtiyozlar sabab 2020 yilning mos davriga nisbatan tadbirkorlar soni 9,8 foizga yoki 52 nafarga ko`payganini ko`rishimiz mumkin.
Viloyat miqyosida tadbirkorlar tomonidan eksportga yo`naltirilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini tezkorlik bilan hamda sifatli amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasining jami 5 ta tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari va ular tarkibida tashkil etilgan eksportga ko`maklashish markazlari tomonidan sutkaning istalgan vaqtida xizmat olib borilishi tashkil etilgan. Bundan tashqari bojxona sohasiga “raqamli bojxona” hamda xavfni boshqarish tizimlarini tashkil etilishi eksport jarayonlarini yanada tezlashtirilishiga xizmat qilmoqda.






