AsosiyJamiyat
4212

O`zbekistonda bir yilda yuk avtomobillari eksporti 62 taga kamaygan

'O`zbekistonda bir yilda yuk avtomobillari eksporti 62 taga kamaygan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 9,9 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 572 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Yuk avtomobillari eksporti o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 62 taga kamaygan.

 O`zbekiston 8 oyda yuk avtomobillarini eng ko`p eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog`iston — 386 ta
  • Singapur — 71 ta
  • Qirg`iz R. — 65 ta
  • Afg`oniston — 29 ta

2021 yilning yanvar-avgust oylarida 2 577 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar