AsosiyJINOYAT

O`zbekiston va Sherobod tumanlarida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Bosh proku...

Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning O`zbekiston tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.M. va Sh.U.lar oldindan til biriktirib, fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga 7 600 AQSh dollari evaziga “So`x-Oqtepa” irrigasiya tizimiga qarashli 60 sotix er maydonida issiqxona faoliyatini tashkil etish uchun rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Departamentning Sherobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ch.Q.” fermer xo`jaligi rahbari E.E. fuqaro B.ga o`zi rahbarlik qilib kelayotgan xo`jalikka tegishli bo`lgan 1050 gektar yaylov hamda 50 sotix suvli er maydonini 96 mln so`mga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga kelishib, shundan firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan 83 mln so`m hisobidan 2 mln so`mini qaytarganligi holati prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar