AsosiyJamiyat

Shahrisabzda birinchilardan bo`lib fuqarolarga "zagranpasport"ni DXM orqali topshirish boshlandi

'Shahrisabzda birinchilardan bo`lib fuqarolarga "zagranpasport"ni DXM orqali topshirish boshlandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan O`zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda DXA Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur xizmat joriy yilning 5 yanvaridan Shahrisabz shahar va  tuman hamda Qarshi shahrida Davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida ko`rsatilib kelinmoqda.

Markaz orqali ariza topshirganlar fuqarolar birinchilardan bo`lib xorijga chiqish biometrik pasportini qabul qilib oldi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar