"Chelsi" xo`jayini Roman Abramovich klub boshqaruvini shu nomdagi xayriya fondi Vasiylik kengashiga topshirganini ma`lum qildi. Bu haqda sports.ru xabar bermoqda.
"Deyari 20 yil davomida men klub qo`riqchisi sifatidagi rolimni ko`rib turibman, uning vazifasi bugungi kunda imkon qadar muvaffaqiyatli bo`lishimiz va kelajagimizni qurish hamda jamiyatimizda ijobiy rol o`ynashimizdir. Men har doim klub manfaatlarini ko`zlab qaror qabul qilganman. Men ushbu qadryatlarga sodiqman. Shu sababli bugun klub boshqaruvini "Chelsi" xayriya jamg`armasi vasiyalariga topshiraman", - dedi Abramovich.
Eslatib o`tamiz, Roman Abramovich 2003 yildan buyon "Chelsi" klubi boshqaruvini o`z qo`lida saqlab kelmoqda. U boshqaruv vaqtida londonliklar 21ta unvonga ega bo`lgan.






