AsosiyDunyo

Qozog`iston va Ozarbayjon hududlarida chang bo`ronlar kuzatilmoqda

'Qozog`iston va Ozarbayjon hududlarida chang bo`ronlar kuzatilmoqda'ning rasmi

Qozog`istonning Mangistau viloyatida chang bo`ronlar kuzatilmoqda. Chang bo`ronlar Qoraqalpog`istonning uzoq Sariqamish ko`li ustidan o`tib, markaziy Turkmaniston viloyatlariga etib borishi mumkin. Bu haqda gidrometerologiya mutaxassisi o`zining telegram kanalida xabar bermoqda.

Mutaxassisning ta`kidlashicha, bugun Turkmaniston markazida past bosimli soha rivojlangan. Bu o`ta issiq va quruq havo to`lqini bo`lib, shimoli-g`arbdan yuqori bosimli havo oqimini ''tortish'' xususiyatini keltirib chiqaradi. Bu o`sha tomonlardan kuchli shamol va joylarda chang bo`ron hodisalari ko`tarilishiga sabab bo`lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ozarbayjon poytaxti Bakuda ham qum bo`roni kuzatilayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. 

Ozarbayjonning Xirdalon shahrida kuchli shamol maktab tomini uchirib yuborgan.

    Boshqa yangiliklar