AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog`lik qilmoqchi bo`ldi

'Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog`lik qilmoqchi bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yosh qizga nisbatan erkak kishi tegajog`lik qilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma`lum bo`lishicha, voqea 17 may kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumanida 17 yoshli K. M. uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan. K. M. qadamlarini tezlatdi va uyi yulagiga yugurib kirgan, erkak xam uning orqasidan kirgan. Qiz baqirib yuborgan, shundan so`ng erkak noma`lum tomonga qochib ketgan.

Hozirda mazkur fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, natijalari bo`yicha qonuniy chora ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar