1

Buxoroda bitiruvchi direktorning ustiga suv sepib yubordi

Jamiyat 26.05.2022, 08:34
Buxoroda bitiruvchi direktorning ustiga suv sepib yubordi

Kecha, 25 may kuni 11 yil maktab ostonasini bosgan qalblar, bitiruvchilar uchun o`zgacha kun edi. Ular qalbida hayajon, ko`zida yosh bilan katta hayotga qadam ranjida qilayotgan bir vaqtda o`quvchilarining zumda katta bo`lib qolganiga guvoh bo`lgan o`qituvchilar yurakdan oq fotiha berib, yaxshi tilaklar ila ishonch bildirayotgandi.

Biroq ana shunday beg`uborlikka to`la kunda noxush holat ro`y berdi. Yo hayajon, yo hadik ichida Buxoroda maktab o`quvchisi direktorining ustiga suv sepib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahridagi 19-umumta`lim maktabida "So`nggi qo`ng`iroq" tadbiri vaqtida bo`lgan voqea yuzasidan videoyozuvlar tarqatildi.  

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq ta`limi boshqarmasi mas`ullari tomonidan dastlabgi o`rganish ishlarini olib borilgan. Bu haqda vazirlik ma`lumot bermoqda.  

Qayd etilishicha, o`rganish jarayonida maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan o`quvchi shu kuni o`tkazilgan tadbir davomida unga faxriy yorliq berilmaganligidan norozi bo`lib, jahl ustida maktab direktorining ustiga suv sepib yuborganligi aniqlangan.

"Holat bo`yicha o`quvchining ota-onasi bilan farzandi hatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda. Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan o`rganishlar natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beradi va tegishli qonuniy choralarni ko`radi",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1