1

Toshkentda benzin savdosi bilan bog`liq jinoyat codir etildi

Jinoyat 27.05.2022, 20:30
Toshkentda benzin savdosi bilan bog`liq jinoyat codir etildi

O`zbekiston bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mazkur jinoyat tafsilotlarini ochiqladi.

Qayd etilishicha, poytaxtning Mirzo Ulug`bek tumanida firibgarlar tadbirkorga “Ai-80” markali yoqilg`ini arzon narxlarda olib berishni va`da qiladi. Shu bois, ular tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qo`lga olingan.

Tadbir davomida fuqaro J.N. va boshqalar “E” MChJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, unga arzon narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg`isini olib berishni va`da qilishib, tadbirkorning 1,4 mlrd so`mini “A.I.” MChJ  hisob raqamiga o`tkazib olishiga erishib, firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganliklari aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1