1

"Rossiya Qozog`istonga bosim o`tkazmoqchi emas"

Dunyo 23.06.2022, 22:08
"Rossiya Qozog`istonga bosim o`tkazmoqchi emas"

Ma`lum muddat avval Qozog`iston rahbari Putin ishtirokidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so`zlab, Qozog`iston LXR va DXR mustaqilligini tan olmoqchi emasligini ma`lum qilgandi. 

Rossiya TIV rasmiy vakilasi Mariya Zaxarovaning qayd etishicha, Toqaev fikri sabab mamlakat Qozog`istonga bosim o`tkazmoqchi emas.

Xususan, Rossiyalik jurnalistlar Zaxarovadan Toqaev bayonoti bo`yicha qanday pozisiyada ekanligini so`raganda u shunday javob bergan.

"Yondashuvlarimiz turlicha bo`lishi mumkin, biroq o`zgacha fikrga toqat qilmaydigan g`arb rejimlaridan farqli o`laroq, ular go`yoki demokratiya va plyuralizmga sodiqligiga qaramay, biz sheriklarimizni hurmat qilamiz", — deydi Zaxarova forumdagi voqeani sharhlab.

Uning so`zlariga ko`ra, milliy kun tartibidagi masalani qo`llab-quvvatlashda davom etadi, biroq Nur-Sulton bilan o`zaro hurmat va manfaat asosida umumiy til topishishga intiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1