Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida 4 yoshli bola "noma`lum" kasallikdan vafot etganligi, ayni paytda uning 6 yoshli oila a`zosi ham og`ir ahvolda jonlantirish bo`limida yotganligi, shuningdek, shifokorlar ularga tashxis qo`ya olishmagani haqida xabarlar tarqaldi.
Ayni vaqtda Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, mazkur vaziyatni o`rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G`uzor tumaniga yuborildi.
"Sog`liqni saqlash vazirligi bu holatni o`z nazoratiga olgan. O`rganish natijalari haqida batafsil ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.