1

Guterrish: Neft, gaz va ko`mir uchun har daqiqada 11 million dollar ajratiladi

Dunyo 29.06.2022, 13:12
Guterrish: Neft, gaz va ko`mir uchun har daqiqada 11 million dollar ajratiladi

Antoniu Gutterish qazib olinadigan energiyaga ajratiladigan investisiyalarning o`sishini tanqid qildi. Bu haqda uning Nikkei gazetasiga bergan intervyusida so`z boradi, deya yozmoqda Zamon.uz nashri.

“Rossiya-Ukraina mojarosining ta`siri butun dunyoga tarqalayotgan bir paytda, ayrim davlatlar neft, gaz, ko`mirga milliardlab dollar mablag` ajratib, energetik inqirozdan chiqishga harakat qilmoqda. Bu iqlim halokatini yanada chuqurlashtiradi”, – degan bosh kotib.

 

“Qayta tiklanadigan energiya manbalari bu iqlim o`zgarishini cheklash va energetik xavfsizlikka yagona javob hisoblanadi. Agar biz avval ham bu yo`nalishga katta investisiya jalb qilganimizda, qazib olinadigan yoqilg`ining beqaror bozoriga qaram bo`lmasdik. Investorlar hamon an`anaviy energiya manbalarini qo`llab-quvvatlaydi, hukumatlar esa neft, gaz va ko`mirga milliardlab subsidiya ajratadi, bu har bir daqiqada 11 million dollar degani”, – deb qo`shimcha qilgan Guterrish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1