1

JSST maymunchechak ko`proq kimlarga xavf tug`dirishini ma`lum qildi

Dunyo 01.07.2022, 23:04
JSST maymunchechak ko`proq kimlarga xavf tug`dirishini ma`lum qildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) virus ko`proq kimlarda xavf tug`dirishini ma`lum qildi. Bu haqda "Deutsche Welle" yozmoqda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) chorshanba kuni sog`liqni saqlash xodimlari maymunchechak infeksiyasining zaif guruhlarga etib borishidan avval buni oldini olish uchun qo`llaridan kelgan barcha ishni qilishlari kerakligi haqida ogohlantirdi.

JSST rahbari Jenevada bo`lib o`tgan yig`ilishda shunday dedi: 

"Men uzluksiz yuqishdan xavotirdaman, chunki bu virus o`z-o`zidan paydo bo`lishi va u yuqori xavfli guruhlarga, jumladan, bolalar, immuniteti zaif va homilador ayollarga o`tishi mumkinligini ko`rsatadi".

Ma`lumotlarga ko`ra, 28 iyun sanasida ilgari maymunchechak epidemiyasi kuzatilmagan mamlakatlarda 4,700 dan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan. 

Bundan tashqari, o`tmishda virus to`lqinlarini ko`rgan Afrika mamlakatlarida 60 ga yaqin holat qayd etilgan. JSST, shuningdek, iyun oyi boshida ushbu mamlakatlardan 1500 dan ortiq shubhali holatlar haqida xabar bergan.

Eslatib o`tamiz, Turkiyada ham maymunchechak bilan kasallanishning birinchi holati aniqlangandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1