AsosiyDunyo

Turkiya dunyodagi eng kuchli armiyani yaratmoqchi

'Turkiya dunyodagi eng kuchli armiyani yaratmoqchi'ning rasmi

Turkiya dunyodagi eng kuchli armiyani yaratadi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog`an ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon internet nashri.

“Biz armiyani dunyodagi eng kuchlisiga aylantirmaguncha mustahkamlashda davom etamiz. Ayniqsa,qurolli kuchlarning tiyib turish salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat beramiz”, – degan u.

Turkiya etakchisining so`zlariga ko`ra, ayrim sohalarda kadrlar etishmovchiligi kuzatilayotgan bo`lsa-da, armiya muvaffaqiyatlarga erishishda davom etyapti. Bu ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashda namoyon bo`lmoqda.

"Terrorizmga qarshi kurash bu tahdid butunlay yo`q qilinmagunga qadar davom etadi”, – deb qo`shimcha qilgan Erdog`an.

    Boshqa yangiliklar