AsosiyJinoyat

Farg`onada ko`chada sevgan qizini urib, boshiga tepgan yigitga sud hukmi o`qildi

'Farg`onada ko`chada sevgan qizini urib, boshiga tepgan yigitga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida 25 iyun kuni yigit ko`chada sevgan qizini urib, boshiga tepgani xabarlar internetda tarqalgan edi. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati yigitga sud hukmi o`qilganini ma`lum qildi.

Keltirilishicha, o`zaro tanish bo`lgan fuqarolar A.D. va N.T. o`rtasida rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Qizning telefoniga noma`lum shaxsdan xabar kelgani voqeaga sabab bo`lgan. Buning oqibatida Navbahor mahallasi hududida A.D. N.Tni qo`l va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib qolgan.

Hodisa asosida to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqish uchun viloyatning Dang`ara tuman sudiga yuborilgan. Uning natijasiga ko`ra, yigitga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan 7 sutkaliq qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar