Shu yilning 24-27 iyun kunlari taekvondo vatani Janubiy Koreyada Osiyo chempionati bo`lib o`tdi. Mazkur musobaqada taekvondochilarimiz yuqori natijalarni qo`lga kiritib, yana bir bora O`zbekiston nomini dunyoga tanitishdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.
Quvonarlisi, ushbu musobaqada ayollar o`rtasida -53 kg vazn toifasida kumush medalni qo`lga kiritgan Charos Qayumova bugun e`lon qilingan jahon reytingida 1-o`ringa ko`tarildi.
Qit`a birinchiligida yuqori natijalarni qayd etgan boshqa sportchilarimiz ham reytingda sezilarli darajada yuqorilashgan.
Quyida terma jamoamiz a`zolarining jahon reytingida egallab turgan o`rinlari bilan tanishing:
Erkaklar
-63 kg
1.Xaon Kala (Ispaniya) – 140.74
13.Niyoz Po`latov (O`zbekiston) – 64.90
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) – 293.44
2. Ulug`bek Rashitov (O`zbekiston) – 262.31
-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) – 132.58
10. Jasurbek Jaysunov (O`zbekiston) – 80.40
-80 kg:
1. Maksim Xramsov (Rossiya) – 304.34
9. Shuhrat Salaev (O`zbekiston) – 141.13
-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) – 190.64
13. Nikita Rafalovich (O`zbekiston) – 61.60
+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) – 259.96
25. Shohruh Rajabov (O`zbekiston) – 56.87
Ayollar
-53 kg:
1. Charos Qayumova (O`zbekiston) – 126.84
2. Tatyana Minina (Rossiya) – 116.70
-62 kg:
1. Karolayn Santos (Braziliya) – 202.24
4. Feruza Sadikova (O`zbekiston) – 111.71
+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) – 352.07
7. Svetlana Osipova (O`zbekiston) – 156.07