1

Mevlut Chavushog`lu O`zbekistonning Qoraqalpog`istonda tinchlikni saqlash uchun olib borgan qat`iy chora-tadbirlarini Anqara qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi

Siyosat 05.07.2022, 07:32
Mevlut Chavushog`lu O`zbekistonning Qoraqalpog`istonda tinchlikni saqlash uchun olib borgan qat`iy chora-tadbirlarini Anqara qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi

Bugun O`zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog`lu bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

TIV ma`lumotiga ko`ra, suhbat avvalida Mevlut Chavusho`g`li O`zbekiston tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasida tinchlik, xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta`minlash, ushbu hududning barqaror rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan qat`iy chora-tadbirlarni Turkiya qat`iy qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

O`zbekiston va Turkiya o`rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida va to`laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko`p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarnining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko`rib chiqildi. Shu jumladan, Toshkent shahrida o`tkazilishi kutilayotgan tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas`ul idoralar rahbarlari darajasidagi "O`zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" uch tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1