EPS-Topik test imtihonida maxsus vosita olib kirmoqchi bo`lgan shaxs aniqlandi

Jinoyat 05.07.2022, 11:33
EPS-Topik test imtihonida maxsus vosita olib kirmoqchi bo`lgan shaxs aniqlandi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro o`rniga testga kirish va testda qo`shimcha vositalardan foydalanishga urinish holatlari qayd etilayotgani va buning oqibatlari haqida ogohlantirilgan edi.

Shunga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro F.A. maxsus vositani testga olib kirishga uringanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

"Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz" deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1