Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda sudya marhumni sudga chaqirtirdi" mazmunida xabarlar tarqalgan edi. Sudyalar oliy oliy kengashi axborot xizmati holat yuzasidan raddiya e`lon qildi.
Ma`lum bo`lishicha, xorazmlik Komil Matchanov 2018 yilda ma`muriy sudga ariza bilan murojaat qilgan. O`sha yili sudning tegishli qarori chiqqan. 2022 yilning may oyiga kelib B.Egamberdiev (2018 yildagi sudda ikkinchi taraf sifatida ishtirok etgan) davlat organiga majburiyat yuklashni so`rab sudga murojaat qiladi. Arizaga 2018 yilda o`zi taraf sifatida ishtirok etgan sud qarori va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Sudya ariza va unga ilova qilgan hujjatlar bilan tanishib, ishni sud majlisida ko`rishga tayinlaydi hamda vaqti va sanasi haqida taraflarga ma`lum qiladi. Biroq bu paytga kelib K.Matchanov vafot etgan edi.
️2022 yil 18 may kuni sud ajrimi bilan marhum K.Matchanovning o`g`li N. Matchanov huquqiy voris deb topilib, nizo predmetiga nisbatan manfaatdor shaxs sifatida ishga jalb qilingan.