Bir necha kundan so`ng O`zbekiston terma jamoasi a Germaniyaning Augsburg shahrida slalomda eshkak eshish bo`yicha dunyo birinchiligida ishtirok etadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bahslar 27-31 iyul kunlari Olimpiya o`yinlarida (1972 yil) suv slalomi dasturiga ilk bor mezbonlik qilgan kanalda bo`lib o`tadi.
Musobaqaning kanoe dasturida A.Temurgaliev hamda A.Bukanov, baydarka yo`nalishida esa J.Temurgaliev va B.Mirzahamdamov O`zbekiston sharafini himoya qiladi. Shuningdek, J.Temurgaliev va Mirzahamdamov juftligi yangi Olimpiya yo`nalishi "ekstrim slalom"da qatnashishi aytilmoqda.
Dilbar Abdunabieva.