1

Andijonda 705 mln. so`mlik kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari yashirin aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 28.07.2022, 10:30
Andijonda 705 mln. so`mlik kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari yashirin aylanmasiga chek qo`yildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi, DXX hamda DXX ChQ xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huquqbuzarlik fosh etildi.  

Xususan, Paxtaobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.Sh.ga tegishli bo`lgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaning oldi o`rindig`ida harakatlanib kelayotgan fuqaro F.Z.ga tegishli bo`lgan 2 dona qizil rangli polietilen qoplarga joylangan xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 705 mln. 600 ming so`mlik 20 160 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1