Dzyudo: Diyora Keldiyorova Osiyo chempioni bo`ldi  

Sport 04.08.2022, 19:37
Dzyudo: Diyora Keldiyorova Osiyo chempioni bo`ldi   

Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o`tayotgan dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi bahslari O`zbekiston terma jamoasi a`zolari uchun muvaffaqiyatli keldi.

Jumladan, -52 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Diyora Keldiyorova finalda yaponiyalik sportchini tezkor ippon evaziga mag`lub etdi va musobaqaning oltin medalini qo`lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Ma`lumotga ko`ra, Keldiyorova bungacha vetnamlik va koreyalik dzyudochilarni mag`lubiyatga uchratgan edi.

Mazkur vazn toifasidagi bronza medallari esa Mo`g`uliston vakilasi hamda koreyalik dzyudo ustasiga nasib etgan.

Eslatib o`tamiz, Diyora Keldiyorova joriy yilning 24-26 iyun sanasida bo`lib o`tgan “Katta Dubulgʻa” musobaqasida ham chempionlikka erishgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1