1

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Toshkentda o`tkazilishi kutilmoqda

Sport 05.08.2022, 23:30
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Toshkentda o`tkazilishi kutilmoqda

Ayni kunlarda FIDE Kongressi doirasida komissiya yig`ilishlari bo`lib o`tmoqda.

Mazkur tadbir doirasida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonligi uchun tanlov tashkillashtirilmoqda. Unda O`zbekiston, Polsha hamda Zambiya davlatlari nomzod sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Biroq Polsha va Zambiya tomonidan hukumat kafolat xatlari taqdim etilmaganligi bois ular so`nggi bosqichda ishtirok eta olishmaydi.  

Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Shu tariqa O`zbekiston asosiy nomzod sifatida 8 avgust kuni 200ga yaqin davlat vakillaridan iborat delegatlar tomonidan ovoz berish jarayonida ishtirok etib, 2026-yili o`tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligini qo`lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo`lib oldi. 

"Faqat buni amalda rasmiylashtirish qoldi xolos",-deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o`tamiz, 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun Toshkent shahri tanlab olingan bo`lib, olimpiada 2026-yilning sentyabr oyida tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1