1

“Osiyo bolalari-2022” musobaqalaridan sportchilarimiz jami 114 ta medal bilan qaytishdi

Sport 09.08.2022, 11:58
“Osiyo bolalari-2022” musobaqalaridan sportchilarimiz jami 114 ta medal bilan qaytishdi

Rossiya Federasiyasining Vladivostok shahrida 13 kun davom etgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o`yinlari yakunlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Unda mamlakatning 174 nafar sportchisi yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Sportchilar musobaqada 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal jamg`ardi.

8 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston sport delegasiyasi tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avazjon Karimov, vazir o`rinbosari Murod Ismoilov, Milliy Olimpiya qo`mitasi raisi o`rinbosari Saken Polatov, sportchilarning ota-onalari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1