AsosiyJinoyat

Yunusobodda kommunal to`lovlar uchun undirilgan pullarni o`zlashtirgan shirkat aniqlandi

'Yunusobodda kommunal to`lovlar uchun undirilgan pullarni o`zlashtirgan shirkat aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan e tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “Z.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar hududdagi xonadon egalaridan  kommunal to`lovlar uchun undirilgan jami 237,2 mln so`mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar