Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida 7 avgust kuni otishma sodir bo`ldi. Bu haqda "AKIpress" xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, voqea shaharning Kaarmanskiy ko`chasida sodir bo`lgan, otishma oqibatida bir kishi jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga ko`ra, ikkita mashinadan 5 erkak tushib, mushtlashib ketgan. Shundan so`ng ulardan biri to`pponchadan o`q uzgan.
Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi Qirg`iziston Jinoyat kodeksining 37-122-moddasi 2-qismi 5.15-bandi (odamni o`ldirishga urinish) bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qidirmoqda.
- Stepanov Nikolay Nikolaevich, 1999 yilda tug`ilgan, Bishkek shahrida tug`ilgan;
- Stepanov Lev Viktorovich, 1994 yilda tug`ilgan, O`zbekistonda tug`ilgan;
- Qalandarov Gennadiy Gennadievich, 1993 yilda tug`ilgan, O`zbekistonda tug`ilgan.
"Yuqoridagi fuqarolarning qaerdaligini bilsangiz, quyidagi telefon raqamlariga xabar berishingizni so`raymiz. Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi polisiya boshqarmasi: 0312 48-64-47, 0552 102-906, 0554 102-147 yoki 102", deyiladi xabarda.