1

"Allo, ro`molchami bu?!" (video)

Jamiyat 14.08.2022, 21:33
"Allo, ro`molchami bu?!" (video)

Ayrim telegram kanallarda abiturient test sinovi vaqtida bemalol telefonda gaplashayotgani bilan bog`liq surat tarqalmoqda. 

Davlat test markazi holatni izohlab, holat bilan bog`liq videoni ham ilova qildi.

Unda imtihon qatnashchisi yuzini ro`molcha bilan artayotgani ko`rinadi.

Qayd etilishicha, tarqalgan surat 13 avgust kuni Andijon viloyatida o`tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo`lib, rasm abiturient ro`molchada yuzini artayotgan vaqti jonli efirdan olingan va butunlay boshqacha talqin qilingan.

Shu o`rinda Davlat test markazi blogerlarni qora PR bilan obunachilarni ko`paytirish o`rniga test sinovlarini xolis yoritishga chaqirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1