1

Konya-2021: Og`ir atletikachi Tursunoy Jabborova musobaqa rekord natijasi bilan oltin medalga sazovor bo`ldi

Sport 15.08.2022, 15:20
Konya-2021: Og`ir atletikachi Tursunoy Jabborova musobaqa rekord natijasi bilan oltin medalga sazovor bo`ldi

Avval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o`yinlari xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Bugun, 15 avgust kungi dasturlardan o`rin olgan og`ir atletika bahslari boshlandi.

-87 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko`tarish mashqida oltin medalga sazovor bo`ldi. Ushbu yo`nalishda kattalar o`rtasida amaldagi jahon chempioni hisoblanmish Jabborova dastlab 102 kg, so`ng 106 kg va yakuniy urinishda 109 kg natija qayd etdi. Ahamiyatlisi, u 102 kg toshni bo`ysundirganida mazkur yo`nalishdagi oltin medal taqdiri hal bo`lib ulgurgan edi. U qayd etgan 109 kg esa musobaqaning yangi rekordi sifatida qayd etildi.

Shuningdek, u siltab ko`tarishda 126 kg, ikki kurashda 235 kg natija ko`rsatgan Tursunoy barcha yo`nalishda oltin medallar egasiga aylandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1