1

Jizzaxda 3 yoshli qizaloq kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

Jinoyat 16.08.2022, 16:58
Jizzaxda 3 yoshli qizaloq kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 3 yoshli qizaloq olgan og`ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi. 

Bosh Prokuraturaning darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, marhum qizaloqni qarindoshi kaltaklab, og`ir tan jarohati etkazgan.

"2019 yilda tug`ilgan voyaga etmagan farzandi Sh.Q ga qasddan og`ir tan jarohati etkazganligi oqibatida, voyaga etmagan Sh.Q o`ziga kelmasdan, 13 avgust kuni shifoxonada vafot etgan" deyiladi xabarda.

Ma`lum bo`lishicha, qizchaning onasi Turkiyaga 2020 yil ishlash uchun ketgan. Qizini qarindoshining qaramog`iga qoldirgan. 

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Hozirda mazkur jinoyat ishlari bo`yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan viloyat prokurori tomonidan alohida nazorat o`rnatilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1