1

Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyot bortida janjallashgan 5 yo`lovchiga jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 16.08.2022, 20:54
Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyot bortida janjallashgan 5 yo`lovchiga jinoyat ishi ochildi

Uzbekistan Airways’ning Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyotida 5 kishi mushtlashgani aytildi. 

IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, voqea 15 iyul kuni amalga oshirilgan NU-372 reysida sodir bo`lgan. 

Yo`lovchilarning 5 nafari — S.L, S.M, A.Sh, K.T va K.N jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, samolyot bortida janjal chiqargan va buning oqibatida bir-birlariga engil tan jarohatlari etkazishgan.

Holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi tomonidan  Jinoyat kodeksining 277-moddasi (mayda bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ta`kidlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1