1

"Ucharto`p": O`zbekistonda yangi milliy sport turi yaratildi

Sport 19.08.2022, 11:35
"Ucharto`p": O`zbekistonda yangi milliy sport turi yaratildi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi Jamoliddin Bo`taqulov tamonidan «Ucharto`p» deb nomlangan mutloqo yangi milliy sport turi 2021 yilda yaratilgan edi. Uzoq muddatli sinov jarayonlari tugab Adliya Vazirligi qoshidagi Intelektual mulk agentligi tamonidan patent olinib, shu yili sport vazirligi tamonidan ommaviy rivojlantirish uchun ruxsat berildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga mazkur sport turi muallifi Jamoliddin Bo`taqulov xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda Xalq Ta`limi Vazirligi bilan muzokaraga kirishgan ixtirochi maktablarda to`garaklar ochish masalasini va O`zbekiston «Ucharto`p» Federasiyasining yakuniy hujjatlarini qilishga kirishgan.

Ammo Milliy Sportga homiy jalb qilish masalalarida qiyinchiliklar bo`lib turibdi.

Qayd etilishcha, "Ucharto`p" 7 ishtirokchidan tashkil topgan jamoalar orasida ballon shaklidagi to`p bilan o`zoro baxs olib boradigan o`yin bo`lib, 60x30 metr maydonda ikki tomonga o`rnatilgan diametri 2 metr bo`lgan halqaga joylab, hujum uchun ajratilgan hududdan baho jamg`arishdan iborat bo`ladi.

10 daqiqalik 4 bo`limdan iborat o`yinda to`plangan baholar bir bo`limga taaluqli bo`lib, g`alaba qozongan jamoaga 1 ochko keltiradi. Umumiy 4 ochko uchun o`ynaladi. "Ucharto`p" sport libosi an`anaviy tilimizdagi "Hafton" deb, sport poyabzali esa "Kaushi" deb nomlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1