AsosiyIqtisodiyot

Tez kunda O`zbekistonda Chevrolet Tracker sotuvi boshlanadi

'Tez kunda O`zbekistonda Chevrolet Tracker sotuvi boshlanadi'ning rasmi

Sanoqli kunlardan so`ng O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ilk milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlanadi. Bu haqda "UzautoMotors" matbuot xizmati xabar qildi. 

Shu munosabat bilan kompaniya avtomobil sotuvi boshlanishiga hozirlik ko`rmoqda.  

Avtomobil yarimavtomat to`xtash tizimi, LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, ko`pfunksiyali rul, kondisioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan. 

Ma`lumot o`rnida, Chevrolet Tracker -2023 avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa ko`rinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko`tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklar va bolalar o`rindig`i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega. 

"30 avgustda sizlarni dilerlik markazlarimizda kutib qolamiz",- deyiladi xabarida.

    Boshqa yangiliklar