AsosiyJinoyat

Boyovutda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining diplomini olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

'Boyovutda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining diplomini olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqarolar T.N. va D.N. boshqa bir fuqaro H.ga go`yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to`g`risida diplom olib berishi evaziga  3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar