AsosiyJinoyat

Yangiyo`lda yaroqlilik muddati o`tgan 34 turdagi dorilarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Yangiyo`lda yaroqlilik muddati o`tgan 34 turdagi dorilarning muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan DXX, IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda fuqaro O.D. va boshqalar yashash xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan, muddati o`tgan sifatsiz dori vositalarini yaroqlilik muddatlarini o`zgartirib sotish bilan shug`ullanib kelganliklari aniqlanib, ushbu xonadondan 34 turdagi jami 445 ming dona dori vositalari va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o`tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o`tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar