1

O`zbekistonning uchta viloyatida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

Jinoyat 24.09.2022, 14:30
O`zbekistonning uchta viloyatida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tumani bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazilgan.

Unda, fuqaro S. I. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yish evaziga 700 AQSh dollari va 1,1 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Guliston shahar o`quv sport texnika klubi o`qituvchisi T.K.  fuqarolar I.B. va Q.U.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.T. boshqa bir  fuqaro Sh.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilib, evaziga 6 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1