2022 yil 29 sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o`zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o`ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
O`tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan.
Gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga aralashish va to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.