Namanganda erkak tanishini pichoqlab, o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 04.10.2022, 20:36
Namanganda erkak tanishini pichoqlab, o`ldirib qo`ydi

Ma`lum bo`lishicha, holatga oldi-berdi nizosi sabab bo`lgan.

Viloyat prokuraturasi tafsilotlarni ochiqladi.

Ta`kidlanishicha, Norin tumani, “Qozoqovul” MFYda yashovchi D.T. o`ziga tegishli bo`lgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasini 2022 yilning iyul oyida Norin tumani, “Sho`rariq” MFYda yashovchi S.T. ga o`zaro kelishuvlariga asosan sotib, shu kuni pulning bir qismini olgan va qolgan qismini keyinchalik berishga kelishishgan.

S.Turg`unov  kelishilgan pulni o`z vaqtida bermaganidan so`ng, D.T. pulni olish maqsadida 30 sentyabr kuni S.T. bilan uchrashgan vaqtida o`zaro janjallashib qolgan va S.T. xo`jalik pichog`i bilan D.T. ning tana qismiga bir marotaba qasddan urib, tan jarohati etkazgan.

D.T. shifoxonaga olib borilib zarur tibbiy yordam ko`rsatilgan bo`lishiga qaramay u vafot etgan.

Hozirda fuqaro S.T. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, shu kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgani ma`lum qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1