1

Farg`onada qaynota kelinining boshini uzib oldi

Jinoyat 05.10.2022, 18:22
Farg`onada qaynota kelinining boshini uzib oldi

Internet saytlarida Farg`ona viloyatidagi tumanlarning birida 64 yoshli qaynota kelinini o`ldirib, uning boshini uzib olgani haqida xabarlar tarqaldi.

Aytilishicha,  voqea 2022 yilning 1 oktyabr kuni sodir bo`lgan.

64 yoshli erkak avvaliga kelini bilan janjallashib qolgan. Shundan so`ng kelinini urib, uni hushdan ketkazgan. So`ng hushidan ketgan kelinini avtomashinasiga ortib, qo`shni tumandagi adirlikka olib borgan. Va hushsiz kelinining boshini pichoq bilan tanasidan ajratib, jonsiz tanani o`sha erdagi axlatxonaga tashlagan. Ajratilgan boshni esa o`zi yashaydigan tumandagi fermer xo`jaliklaridan birining hududiga yashirgan.

Voqea yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi:

"Mazkur holat haqiqatda ham sodir bo`lgani tasdiqlandi. 
Ma`lum bo`lishicha, bu bo`yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. 
Tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1