1

Evropaliklar Ukrainaning Ittifoqqa qo`shilishini qo`llab-quvvatlamoqda

Dunyo 05.10.2022, 20:37
Evropaliklar Ukrainaning Ittifoqqa qo`shilishini qo`llab-quvvatlamoqda

Evropa Ittifoqi aholisining aksariyati Ukrainaning Ittifoqga qo`shilishini qo`llab-quvvatlamoqda. Bu “Bertelsmann” jamg`armasi tomonidan o`tkazilgan so`rov natijasida ma`lum bo`ldi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.

Ta`kidlanishicha, so`rovnomada ishtirok etgan  evropaliklarning deyarli 66 foizi Ukrainaning Evropa Ittifoqiga qo`shilishi tarafdori. Polshada esa respondentlarning 84 foizi buni yoqladi. Germaniya va Fransiyada qo`llab-quvvatlash darajasi kamroq, ya`ni 60 foizni tashkil etgan.

Ma`lum bo`lishicha, evropaliklarning 80 foizdan ortig`i ukrainalik qochqinlarni qo`llab-quvvatlagan. Mart oyi bilan taqqoslaganda bu ko`rsatgich 5 foizga, xususan, Fransiyada 8, Niderlandiyada 7 va Polshada 6 foizga pasaygan.

Shuningdek, nemislar orasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo`llab-quvvatlovchilar salmog`i biroz kamaygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1