1

“O`zbekiston temir yo`llari” tizimining ikki nafar xodimi jinoyat ustida ushlandi

Jinoyat 06.10.2022, 12:35
“O`zbekiston temir yo`llari” tizimining ikki nafar xodimi jinoyat ustida ushlandi

Mirobod tumanida vagonlarni ta`mirlash deposiga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda, “O`zbekiston” lokomotiv deposi haydovchisi A.U. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro N.ni tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli 1-sonli vagonlarni ta`mirlash deposiga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Xuddi shunday, “O’ztemiryo'lyo'lovchi” AJ vagon restorani menejeri E.A. ham fuqaro M.ni tanishlari yordamida maxsus vagonga tozalovchi vazifasiga ishga kiritib qo`yishi evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1