Ozarbayjonda start olgan dzyudo bo`yicha "Katta dubulg`a" turnirining birinchi kun bellashuvlari yakunlanmoqda. Unda O`zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo`lga kiritdi.
So`nggi musobaqalarda ajoyib kurashi bilan o`z vaznida jahon elitasini yorib kirayotgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo`lga kiritdi. U hal qiluvchi bahsda mo`g`ulistonlik spotchi ustidan ishonchli g`alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat samarqandlik dzyudochi uchun Parij-2024 Olimpiadasi yo`lida 500 reyting ochkosini taqdim qiladi.
Shuningdek, Sita Qadamboeva (-52 kg) bronza medali uchun bahsda polshalik Aleksandra Kaleta ustidan g`alaba qozondi. Bu Qadamboeva uchun faoloyatida "Katta dubulg`a" turnirlaridagi ilk medal bo`ldi.
Biroq Kemran Nurillaev (-60 kg) uchunchi o`rin uchun bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.






