AsosiyDunyo
2103

AQShda koronavirusnng xavfli qo`zg`atuvchisi yaratildi – Kirillov

'AQShda koronavirusnng xavfli qo`zg`atuvchisi yaratildi – Kirillov'ning rasmi

RF Qurolli Kuchlarining Radioaktiv, kimyoviy va biologik himoya (RXBZ) bo`linmasi boshlig`i general-leytenant Igor Kirillov brifingida quyidagilarni ta`kidladi: 

- Boston universiteti koronavirusning Omikron shtammi va Uxan varianti asosida sun`iy qo`zg`atuvchisini yaratdi.

- AQShdagi biologik laboratoriyalar faoliyatida 200dan ortiq qoidabuzarliklar qayd etilgan

- AQSh Mudofaa vazirligining Ukrainada hududida olib borgan kimyoviy va biologik tadqiqotlari natijalari amerikaliklardan yashirilgan. Ushbu ma`lumotlar Pentagon hisobotlaridan butunlay chiqarib tashlangan. 

- Rossiya Mudofaa vazirligi qo`lga kiritgan hujjatlar Kiev va Vashington biologik xavfli qo`zg`atuvchilar yaratishda hamkorlik qilganidan dalolat beradi.

- Vashington bunday laboratoriyalarni ataylab uchinchi mamlakatlarda joylashtiradi, chunki ularda baxtsiz hodisalar xavfi yuqori. Ukrainada laboratoriyalar joylashgan hududlarda epidemik vaziyat yomonlashishi kuzatilgan.

Bu haqda "Sputnik O`zbekiston" yozmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar