AsosiyDunyo
2210

Yaponiyalik olimlar xurmo organizmga koronavirus bilan kurashishda yordam berishini aniqladi

'Yaponiyalik olimlar xurmo organizmga koronavirus bilan kurashishda yordam berishini aniqladi'ning rasmi

Yaponiyaning Kashihara shahridagi Nara tibbiyot instituti olimlari xurmo organizmga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda yordam berishini aniqladi.

Qayd etilishicha, tajriba sichqonlarda o`tkazilib, ularning rasioniga xurmo tarkibidagi asosiy modda bo`lgan taninni kiritishgan. Shundan so`ng ularga virus infeksiyasi yuqtirilgan. To`liq tekshiruvdan keyin, tanin olmagan tajriba sichqonlari guruhi virus bilan kasallanishning yuqori darajasini namoyon qilgan va ularda o`pka pnevmoniyasi rivojlanib ketgan. Tanin bilan davolangan kemiruvchilar guruhida pnevmoniya holatlari qayd etilmagan va umuman olganda, ikkinchi guruh kemiruvchilari o`zlarini ancha yaxshi his qilishgan.

Shunday qilib, tadqiqotchilar xurmo tarkibidagi tanin virusning ko`payishiga to`sqinlik qiladi va xurmo iste`mol qilish Covid-19 ning og`ir shakllari rivojlanish xavfini kamaytiradi degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, tanindan tashqari, xurmoda A, C, B1, B2, B3, shuningdek fosfor, kalsiy, kaliy, temir va natriy kabi moddalar ham mavjud.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar