1

Qoraqalpog`istonda 28 noyabr kuni iyul oyidagi tartibsizliklar bo`yicha sud boshlanadi

Jamiyat 26.11.2022, 21:12
Qoraqalpog`istonda 28 noyabr kuni iyul oyidagi tartibsizliklar bo`yicha sud boshlanadi

Qoraqalpog`istondagi tartibsizliklar bo`yicha sud jarayonlari boshlanadi 28 noyabr kuni boshlanadi. Bu haqda Qoraqalpog`istonda sodir bo`lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o`tkazish bo`yicha komissiya xabar berdi.

Qayd etilishicha, komissiya fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan ko`plab murojaatlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog`istonda ro`y bergan voqealarda asosiy gumonlanayotgan va hozirda tergov jarayonida bo`lib turganlar bilan yakka tartibda suhbatlar olib bordi. 

Bunda sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og`ir bo`lgan ayblanuvchilarning ro`yxatlari shakllantirilib, ularni oilasiga qaytarish bo`yicha tegishli choralar ko`rildi.

Shu kunga qadar komissiya a`zolari taklifi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi iltimosnomasiga ko`ra, Bosh prokuratura tomonidan 107 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o`z oilasi bag`riga qaytarildi.

Shuningdek, tergov jarayonlari davomida ayblanuvchilarning saqlash sharoitlari, qiynoqqa solmaslik, advokat bilan ta`minlanganlik kabi masalalar mustaqil komissiyaning doimiy nazoratida bo`ldi. Komissiya a`zolari sud jarayonlarida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Ma`lumot uchun, 2022 yil 16 iyul kunidan Qoraqalpog`istonda iyul oyi boshida yuz bergan holat va voqealarni o`rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o`tkazish bo`yicha komissiya o`z ishini boshlagan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1